Amerikaning General Motors kompaniyasi aksiyalarni xarid qiliş dasturini 5 mlrd dollarga kengaytirib, 14 mlrd dollarga yetkazişni rejalaştirmoqda. Bundan taşqari, xarajatlarni qisqartiriş rejasiga 1 mlrd dollar qöşiladi, şu bilan dasturning umumiy hajmi 6,5 mlrd dollarga yetkaziladi. 

GM 2017 yilda sof pul oqimini 6 mlrd dollarga yetkazişni taxmin qilmoqda. Kompaniyaning boş direktori Meri Barraning bayonot berişiça, General Motors 2017 yilda sof daromadining sezilarli ösişini kutmoqda. 2016 yilda GM foydasi bir aksiyaga 5,5−6  dollar ustama hisobidan bölgan. 2017 yilda bu raqam har bir aksiya hisobiga 6−6,5 dollarga yetişi kutilayapti. 

Barraning sözlariga köra, «2016 yil kompaniya uçun barça sohada ajoyib yil bölgan. Kompaniyaning 2017 yilgi moliyaviy prognozi Şimoliy Amerika va Xitoydagi körsatkiçlarning yuqori bölişi, GM Financial (kompaniyaning moliyaviy şö'basi) daromadining ösişi, xarajatlarni kamaytiriş samaradorligining davom etişi va Janubiy Amerikadagi vaziyat yaxşilanişiga doir taxminlar bilan boğliq».