Bugungi kunda Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi tizimida 17 ta sanatoriy hamda 2 ta dam oliş uyi faoliyat yuritmoqda. Ularda har yili respublikamizning 100 ming nafardan ziyod turli soha xodimlari va ularning oila a'zolari hordiq çiqarib, öz salomatliklarini mustahkamlab kelmoqdalar, deb xabar berdi Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşi Matbuot xizmati.
Tizimdagi har bir sanatoriy köp tarmoqli bölişi bilan birga, kardiologik, gastroenterologik, ginekologik, nevrologik, pulmonologik hamda nefrologik kasalliklarni davolaşga ixtisoslaştirilgan. Barça sanatoriylar joylaşgan hududi, tabiati, mö'tadil iqlimi, yer tubidan tabiiy ravişda sizib çiqayotgan ma'danli suvlari, ular tarkibidagi organik mineral tuzlarning davoli ta'siriga köra dunyoga maşhur xorij sihatgohlari bilan teng raqobatlaşa oladi.

Tibbiy xizmat sifatini yanada oşiriş maqsadida sanatoriylar zamonaviy gastrofibroskop, kolposkop, rektoskop, ginekologik gidrokolonoterapiya, umurtqa poğonasini kompyuter nazoratida tortiş, zamonaviy kompyuter EKG apparatlari, biokimyoviy analizatorlar bilan ta'minlangan. Şuningdek, sanatoriylarning davolaş bölimlari yangi zamonaviy fizioterapevtik asbob-uskunalar bilan boyitildi. Tasarrufdagi sanatoriylarda nafas oliş a'zolari kasalliklarini davolaş uçun “Tuzli ğor” taşkil qilinib, speleoterapiya davo usuli hamda “ozonoterapiya”, “nordik yuriş”, “stounoterapiya”, “psammoterapiya” kabi yangi davo usullari tatbiq qilindi.
Keksa avlod vakillarini soğlomlaştiriş masalasi ham kasaba uyuşmalarining doimiy diqqat markazida bölib kelmoqda. Xususan, 2015-2016 yillar davomida 8 ming nafardan ziyod 1941-1945 yillardagi uruş va mehnat fronti faxriylari manzilli soğlomlaştirildi. Sanatoriylarda ular uçun qöşimça qulayliklar yaratilib, “Uruş va mehnat faxriylari bölimlari” faoliyati yölga qöyildi. Faxriylarga malakali tibbiy xizmat körsatiş maqsadida sanatoriylardagi bir qator şifokorlar “gerantologiya”, ya'ni keksalarni davolaş böyiça mutaxassislikka öqitilib, otaxon va onaxonlarga yuqori darajali tibbiy va maişiy xizmatlar körsatilişi ta'minlandi.
Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi tomonidan mehnatkaşlarning dam olişga bölgan talab va istaklari tobora oşib borayotganligini inobatga olgan holda öz tizimidagi sanatoriylarda örinlar sonini köpaytiriş orqali mehnatkaşlar va ularning oila a'zolarini soğlomlaştiriş bilan qamrab oliş kölamini yanada kengaytiriş masalasiga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.












