Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasi raisi lavozimi uçun bölib ötgan saylovda 91,9 foiz ovoz bilan Qudratilla Rafiqov ğolib böldi. U 2016 yil dekabr oyidan beri uşbu lavozimda işlab kelmoqda.

Qayd qilinişiça, bu yilgi qurultoyda ilk marta rais va uning örinbosarlari muqobillik asosida, yaşirin ovoz beriş yöli bilan saylandi.

Qudratilla Rafiqov 1947 yilda tuğilgan. 1993−1998 yillarda Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşi raisi muovini, 1998—2003 yillarda Jizzax viloyati kasaba uyuşmalari Kengaşi raisi bölib işlagan. Keyinroq «Jizzax akkumulyator zavodi» AJ boş direktori bölgan.

U 2016 yil dekabr va 2020 yil noyabr oyida Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasiga rahbar etib saylangan. Saylov 5 yilda bir marta bölib ötadi.