Niderlandiyada harakatlanuvçi barça poyezdlar endilikda, şamol generatorlari işlab çiqqan elektr energiyasi yordamida harakatlanmoqda. Bu haqda The Guardian naşri Nederlandse Spoorwegen milliy temir yöl kompaniyasiga asoslangan holda yozmoqda.

«1 yanvardan 100 foiz poyezdlarimiz şamol energiyasida işlayapti», — deya ma'lum qilgan kompaniya vakili Ton Boon. Gollandiyaning Eneco kompaniyasi Nederlandse Spoorwegen tomonidan e'lon qilingan tenderda ğolib bölgan va 10 yillik şartnoma imzolagandi. 

Unga köra, barça poyezdlarni 2018 yil 1 yanvaridan şamol energiyasiga ötkaziş rejalaştirilgan edi. Biroq, mutaxassislar vazifani muddatidan bir yil avval uddalaşgan. Boonning aytişiça, bunga mamlakat va Niderlandiya sohillarida şamol generatorlarining soni ortişi imkon bergan. 

Eneco va Nederlandse Spoorwegen vakillarining ma'lum qilişlariça, bitta şamol generatorining bir soat davomida işlab çiqargan quvvati bir poyezd tarkibini 200 km masofaga yurişini ta'minlay oladi. Nederlandse Spoorwegen bir kunda 5,5 ming poyezdida yarim milliondan ortiq yölovçini taşiydi. Kompaniya 2020 yilga kelib, har bir yölovçi uçun energiya sarfini 2005 yilga nisbatan 35 foizga qisqartirişni rejalaştirgan.