AQŞ prezidenti Barak Obama seşanba kuni keçqurun amerikaliklar oldida davlat rahbari sifatida sönggi nutqini sözladi va unda özining sakkiz yillik prezidentlik faoliyatini sarhisob qildi.

Obamaning fikriça, natijalar ijobiy: hamjihatlikdagi xatti-harakatlar samarasi ölaroq, “Amerika 2009 yilga nisbatan yanada farovon va qudratli böldi”.

Öz lavozimini tark etayotgan prezidentning fuqarolarga yetkazmoqçi bölgan asosiy ğoyasi - “Amerika demokratiyasi buyukligi” hamda uni içki va taşqi tahdidlardan himoya qiliş zaruratidan iborat böldi.

Obama Rossiya va Xitoyni dunyodagi ta'siriga köra, AQŞ bilan tenglaşa olmaydigan raqiblar deb atadi.


Trampning soyasi

20 yanvar kuni prezident lavozimini Obamaning asosiy siyosiy raqiblaridan biri bölgan respublikaçi Donald Tramp egallaydi. Noyabr oyida milliarder AQŞ prezidentlik saylovlarida ğalaba qozondi. Bu afroamerikalik ilk prezidentning köplab islohotlarini xavf ostiga qöyadi.

Ehtimol, aynan şuning uçun saylov oldi kampaniyalari vaqtida boşlangan “aytişuvlar” asorati Obamaning sönggi murojaatida ham sezildi, holbuki u öz raqibining familiyasini faqat bir marotaba tilga oldi – u ham bölsa, hukumatni “tinç yöl bilan topşiriş”ga va'da berganida. Biroq işoralar yetarliça böldi.


Savdo va soğliqni saqlaş

Obama yangi saylangan AQŞ prezidentining erkin savdo kelişuvlari işçi örinlarni yöqotişga olib kelişiga doir fikriga qöşilmadi.

“Bizning savdomiz nafaqat erkin, balki adolatli ham bölişi kerakligiga qöşilaman. Biroq iqtisodiy talofatlarning keyingi tölqini çetdan kelmaydi. U örta toifadagi köp yaxşi iş örinlarini bekor qiluvçi avtomatlaştiruvning tezlaşişi natijasida sodir böladi”, - dedi amaldagi davlat rahbari.

Bu Trampning Trans-tinç okeani hamkorligiga doir kelişuvdan çiqiş taklifiga töğridan töğri javob böldi.