AQŞ prezidenti Barak Obamaning fikriça, rasmiy Moskva va Pekin xalqaro ta'siri böyiça Vaşington bilan bellaşa olmaydi. Buning uçun amerikaliklar öz qadriyatlaridan voz keçmasligi kerak. Oq uy rahbari Çikago şahrida qilgan çiqişida şunday fikrni bildirgan. 

"Biz öz qaraşlarimizni himoya qilişdan voz keçmasak va özining kiçik qöşnilarini qörqitayotgan qandaydir yirik davlatga taslim bölmasak, Rossiya yoki Xitoy kabi raqiblar jahonga ta'sir körsatiş borasida bizlarga tenglaşa olmaydi", - deb işonç bildirgan AQŞ rahbari. 

U, şuningdek, mamlakat fuqarolarini taşqi çaqiriqlar qarşisida "doimo diqqatli bölişga va qörqmaslik"ka undagan. "IŞID aybsiz insonlarni öldirişga urinadi, - deya uqdirgan Obama. – Biroq, biz konstitutsiyamiz va qadriyatlarimizga xiyonat qilmasak, ular Amerikani mağlub eta olmaydi".

Oq uy ma'muriyati Obamaning Çikago şahridagi ma'ruzasini "xayrlaşuv murojaati" deb baholagan. 20 yanvar kuni yangi prezident – respublikaçi Donald Trampning inauguratsiyasi bölib ötadi va u lavozimiga kirişadi.