Janubiy Koreyaning Samsung korporatsiyasi vitse-prezidenti Li Çje Yon mamlakat prokuraturasiga söroqqa çaqirilgan. Uni Koreya respublikasining impiçmentdagi prezidenti atrofidagi korrupsiya mojarosi bilan şuğullanuvçi maxsus komissiya çaqirgan. Bu haqda komissiyaning rasmiy vakili ma'lum qilmoqda. 

"Li Çje Yon pora berganlikda gumon qilinayotgani munosabati bilan körsatmalar berişi uçun 12 yanvarda kelişi kerak", - degan rasmiy vakil matbuot anjumanida. Tergov tomoniga köra, Samsung rahbariyati vakili Koreya prezidenti Pak Kin Xening yaqin dugonasi Çxve Sun Silga biznes yuritişda ayrim yengilliklar taqdim etilişiga javoban moliyaviy yordam körsatişga qaror qilgan.
 
Xususan, korporatsiya Çxve Sun Sil va uning qizi nomiga Germaniyada röyxatdan ötkazilgan firma hisobiga, göyoki körsatilgan konsalting xizmati uçun 18 mln dollardan ortiq mablağni ötkazgan. Tergovçilarning fikriça, buning natijasida Samsung kompaniyasining ayrim şoxobçalari birlaşişida kömak berilgan. Ularning katta miqdordagi aksiyalari esa, davlat Pensiya jamğarmasiga tegişli bölgan. 

Gumonlarga köra, Çxve Sun Sil mamlakat prezidentigiga yaqinligidan foydalanib, sport va madaniyatni rivojlantiriş bahonasida Janubiy Koreyadagi köplab kompaniyalarni özi taşkil etgan nohukumat jamğarmalariga xayriya mablağlari ötkazişga majburlagan. Bunda, mablağlarning aksariyatini noqonuniy ravişda özlaştirib olgan. 

Tergovçilarning fikriça, Koreya respublikasi prezidenti Pak Kin Xe dugonasining bu işlaridan heç bölmaganda xabardor bölgan. Uşbu mojaro tufayli, mamlakat rahbari vaqtinça lavozimidan çetlaştirilgan. 2016 yil 9 dekabrda Koreya parlamenti uning impiçmenti uçun ovoz bergan edi. Hozirda, uning vazifalarini boş vazir Xvan Gyo An bajarmoqda.