Noyabr oyida Nikaraguada bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 71 yoshli Daniel Ortega davlat rahbari lavozimiga kirishdi. Inaguratsiya marosimi 11 yanvar, chorashanba kuni mamlakat poytaxti Managuada bo‘lib o‘tdi. Nikaraguaning yangi vitse-prezidenti Orteganing umr yo‘ldoshi Rosario Murilo bo‘ldi. TASS agentligi shu haqida maqola taqdim etdi. 

Qurollangan kurash yetakchilaridan biri ilk marta 1985 yilda Anastasio Somosa diktaturasiga qarshi chiqib, prezident bo‘lgan va 1990 yilga qadar hukumatni boshqargan. Biroq 5 yil o‘tgach, Ortegaga qayta saylanish  nasib etmadi. U ikki marotaba hukumat tepasiga qaytishga urindi, biroq faqat 2007 yilga kelibgina mamlakat hukumatiga qaytishga muvaffaq bo‘ldi. 

Inqilobiy yoshlik 

Ortega 1945 yilning 11 noyabrida tug‘ilgan. Uning ota-onasi XX asrning eng jirkanch diktaturalaridan birining rejimiga qat'iy qarshilik qilgan. 

Ortega o‘smirlik davridayoq inqilobiy faoliyatga jalb qilingan. 1962 yilda u Managuadagi Markaziy Afroamerika universitetining yuridik fakultetiga o‘qishga kirgan, biroq bir yildan keyin SMOF (Sandinist milliy ozodlik fronti) qatoriga qo‘shilib, o‘qishni tashlagan. 

1967 yilda hibsga olinib, 1974 yilga qadar qamoq jazosini o‘tagan. 

1979 yilning 19 iyulida sandinistlarning qurollangan otryadlari Anastasio Somosa diktaturasini qulatganda, SMOF yetakchiligiga da'vogarlik qilgan yosh siyosatchi milliy uyg‘onish muvaqqat hukumatining rahbarlik kengashi tarkibiga kiritilgan. 

Nikaraguaning yangi rejimi ijtimoiy o‘zgarishlarga yo‘naltirilgan. Xususan, 1980 yilda savodsizlikka qarshi kurash kampaniyasi yo‘lga qo‘yilgan, buning natijasida mamlakat aholisi orasidagi o‘qish va yozishni bilmaydiganlar sonini 12 foizga qisqartirishga muvaffaq bo‘lingan. 

Prezident Ortega

1984 yilning noyabrida Ortega Nikaragua Respublikasi prezidenti etib saylangan va 1985 yilning yanvaridan o‘z lavozimiga kirishgan.