Gamburger, steyk va Ğarb oşxonasining boşqa taomlari nima uçun insonlarning semirişiga olib kelişini bilasizmi? Ma'lum bölişiça, bunday parhez tananing energiya muvozanatini nazorat qiluvçi miya retseptorlariga marixuana kabi ta'sir körsatadi. Physiology & Behavior jurnalida şu mavzudagi maqola çop etildi. 

"Tadqiqotimiz şuni körsatadiki, periferik asab tizimidagi kannabinoid retseptorlari faoliyatiga bosim ötkaziş köp ovqat yeyiş va semizlikni davolaşda xavfsiz yondaşuv hisoblanadi. Bizning yondaşuvimiz miyaga ta'sir qilib, aks ta'sirlarni keltirib çiqaradigan, semizlikka qarşi an'anaviy dori-darmonlarga nisbatan köp ustunliklarga ega", - dedi Riversayddagi (AQŞ) Kaliforniya universitetida faoliyat yurituvçi Nikolas di Patritsio. 

Di Patritsio va uning hamkasbi Donovan Argueta nima uçun Amerika va Yevropa taomlari köpinça semizlikka sabab bölişini aniqlaşga muvaffaq bölişdi. Buning uçun ular ikki oy davomida köp miqdordagi qand va yoğ bilan oziqlangan siçqonlar miyasi faoliyati va xatti-harakatlarini kuzatişdi. 

Kuzatuvlar natijasiga köra, bunday parhezga rioya qiliş kemiruvçilarda nafaqat semizlikning rivojlanişiga olib keldi, balki noodatiy hodisa - giperfagiya yoki köp yeyişning kuzatilişiga ham sabab böldi. Di Patritsioning sözlariga köra, ovqatlanişga bunday talpiniş siçqonlarning içagi va qonida endokannabinoidlar konsentratsiyasining keskin ösişiga olib kelgan. 

Endokannabinoidlar marixuana tarkibidagi moddalar analogidir. Organizmimiz ularni öz maqsadlari uçun kiçik miqdorda sintezlaydi. Inson içagida bunday molekulalar ta'sir qiluvçi köp miqdordagi asab hujayralari mavjud böladi. Uç yil avval olimlar "ötsevar"larda yuzaga keluvçi tuşuntirib bölmaydigan ovqat yeyiş iştiyoqi TGK-9 (marixuananing faol moddasi)ning şu retseptorlarga ta'siri ostida paydo bölişini aniqlaşgandi.

Ma'lum qilinişiça, Ğarbning gamburger, steyk va şu kabi boşqa yoğli yoki şirin yeguliklari organizmni katta miqdordagi endokannabinoid işlab çiqişga majbur qilib, şunga öxşaş ta'sir körsatadi. 

Olimlar uşbu retseptorlarni TGK-9 molekulalariga içakdagi asab hujayralariga örnaşişga halaqit beruvçi AM6545 dorisi yordamida bloklaşganida siçqonlarning "karnay" iştahasi keskin yöqolgan. Bu, biologlarning sözlariga köra, bunday preparatlarni semizlikka qarşi  kuraşişda qöllaş mumkinligidan dalolat beradi. Şunisi quvonarliki, yangi dori vositalari avvalgi, miya faoliyatiga ta'sir qiluvçi preparatlar kabi aks ta'sirga ega emas.

Yaqin orada Di Patritsio va Argueta Ğarb parhezining aynan qaysi komponentlari organizmni köp miqdordagi endokannabinoid işlab çiqarişga majbur qilişini  aniqlaş va bu reaksiyani boşqaruvçi genlarni topişni öz oldilariga maqsad qilib qöyişdi.