Oy 4,51 milliard yil avval taşkil topgan. Bu Quyoş tizimi şakllanganidan 60 million yil ötib röy bergan. Bunday xulosa Kaliforniya universiteti olimlari tomonidan Science Advances ("Ilm-fan taraqqiyoti") jurnali sahifalarida e'lon qilingan maqolada keltirildi. Avvalgi taxminlarga köra, Yer yöldoşi Quyoş tizimi şakllanganidan 150-200 million yil ötib, Yerning hajmi Mars sayyorasi kabi bölgan fazoviy obekt bilan töqnaşuvidan söng taşkil topgan, deb hisoblanardi. Maqolada ta'kidlanişiça, "Oyning yoşi haqidagi ma'lumotning muhimligiga qaramay, avval bunga javob berilmagan".

"Biz Oy bunday yoşda ekani haqidagi fikrlar öz isbotini topgan, deb hisoblaymiz", - ma'lum qildi Kaliforniya universiteti mutaxassislar guruhi rahbari Melani Barboni. Uning sözlariga köra, maqolaga 1971 yilda Amerikaning "Apollon-14" kemasi ekipaji astronavtlarining Oy yuzasidan olgan namunalari tahlil natijasi asos qilib olingan. 

"Aniq hisob-kitoblar uçun sirkon mineralidan foydalandik, u eng yaxşi “vaqt kapsulasi” sanaladi", - dedi olim. Uning sözlariga köra, bu modda Oy yuzasidagi magmaning muzlab qolişidan paydo bölgan. Olimlar örganiş çoğida uşbu mineralda bölgan uranning qança miqdori qörğoşinga aylanganini ölçaşdi. Bu uslub geologik obektlar yoşini aniqlaşda eng işonçlidir. Olimlarning xulosasiga köra, Yerning yöldoşi 4,51 milliard yil avval şakllangan.

Tadqiqotçilarning sözlariga köra, Oyning yoşi haqidagi ma'lumot - "Yerning taşkil topiş va rivojlaniş jarayonini tuşunişga yordam beruvçi kalitdir".