Ukrainada sovuq kunlar boşlangandan buyon 40 kişi, sönggi kunlarning özida esa 11 kişi  muzlaş natijasida hayotdan köz yumdi. Bu haqida Soğliqni saqlaş vazirligining Favqulodda tibbiy yordam körsatiş boşqarmasi rahbari Tatyana Timoşenkoning ma'lumotiga asoslanib, "Korrespondent" naşri xabar berdi. 

"Afsuski, 40 ölim holati qayd etildi. Keça bunday holatlar 29ta edi... 40 kişidan 3 nafari - tibbiy muassasada, 27 nafari - köçada va 10 nafari - uyda hayotdan köz yumgan. Bu halokatlarning aksariyatiga spirtli içimlik iste'moli va undan keyin muzlaş sabab bölgan", - dedi Timoşenko. 

Sovuqdan nobud böliş holatlari eng köp Roven, Lvov va Nikolayev viloyatlarida qayd etilgan. 

Bundan taşqari, payşanba kun ertalabki holatga köra, yana 869 kişi tibbiy yordam sörab murojaat qilgan. Ulardan 753 nafari şifoxonaga joylaştirilgan.