Vaşington Xitoyni alyuminiy va pölat quyuvçi sanoatdagi protektsionistik (qöllab-quvvatlovçi) çoralar qöllaşda ayblab, uning ustidan Jahon savdo taşkilotiga şikoyat qildi. AQŞ fikriça, bu çoralar bozorda mahsulotning köpayib ketişiga olib keladi.
"Bugun biz amerika işçilari va korxonalarini qöllab-quvvatlaşimizni bildirib, JSTga Xitoyning savdodagi harakatlariga qarşi yangi şikoyat yöllamoqdamiz", deb aytilgan AQŞ prezidenti Barak Obamaning bu boradagi bayonotida.
Obamaning aytişiça, "Xitoy misli körilmagan kreditlar va boşqa noqonuniy davlat subsidiyalari beriş yöli bilan alyuminiy işlab çiqariş sanoatiga nohalol ustunliklar bermoqda. Bunday siyosat amerikalik işlab çiqaruvçilarni noqulay vaziyatga qöyadi va alyuminiy, pölat bozorining me'yoridan tölib-toşişiga olib keladi. Obamaning ta'kidlaşiça, AQŞ "öz işlab çiqaruvçilarni himoyalaş uçun çoralar körmoqda".
Vaşingtonda ta'kidlanişiça, AQŞ JSTga şikoyatlar beriş böyiça yetakçilik qilmoqda. Jumladan, AQŞ Xitoyni nohalol savdoda ayblab, JSTga muntazam uning ustidan şikoyatlar yöllaydi.
AQŞ prezidenti etib saylangan Donald Tramp özining saylovoldi kampaniyasi davomida Xitoyni "qoidalarga köra öynaşga" majbur qilişga va'da bergandi va Xitoy bozor iqtisodiyoti hisoblanmasligini aytgandi.
Xitoy bunga javoban Trampga davlatlar örtasidagi barça savdo bahslarini JSTda hal qilişni taklif qilgan. Xitoy taşqi işlar vazirligi vakilining aytişiça, agar Xitoy va AQŞ örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar faqatgina bir tomonga foydali bölganda, unda bu aloqalar hozirgidek darajaga yetmagan bölardi.












