Argentina hukumati xorijiy banklardan 6 milliard dollar miqdorida zayom oliş böyiça kelişuvga erişdi. Bu haqda mamlakat Moliya vaziri Luis Kaputo ma'lum qilgan.

Uning sözlariga köra, Argentina Santander, BBVA Frances, Citibank, HSBC, JP Morgan va Deutsche Bank banklaridan 1 milliard dollardan oladi.

"Bu şu yilning özida xalqaro qarz bozoriga kiriş ehtiyojini sezilarli darajada kamaytiradi", degan vazir jurnalistlar bilan uçraşuvda.

Kreditlar 1,5 yil muddatga, qimmatli qoğozlarni garovga qöyiş evaziga beriladi. Zayomlar uçun suzib yuruvçi foiz stavkalari örnatiladi (ayni vaqtda 3,8 foiz).

Kaputoning xabar berişiça, keyingi haftada mamlakatda xalqaro qarz bozoriga 3-5 milliard dollarlik obligatsiyalar çiqariladi, yana 1-2 milliard dollarlik miqdordagi obligatsiyalar esa içki bozor uçun.

Qimmatli qoğozlarning joylaştirilişi bilan Santander, BBVA Frances, Citibank, HSBC, JP Morgan va Deutsche Bank şuğullanadi.