Suriya muxolifatining asosiy muzokaraçisi Riyod Hijob BMT boş kotibi Antonio Gutterişga oçiq xat bilan murojaat qilib, Asad rejimi va uning tarafdorlari tomonidan yaraşuv bitimining 399 marta buzilişi natijasida kamida 271 nafar kişi halok bölganligini ma'lum qildi. Bu haqida Daily Sabah naşrida xabar berildi. 

Hijob BMT va unga a'zo mamlakatlarni ayniqsa, Damaşqdagi Barada vodiysida vaziyatning yomonlaşuvi tufayli aralaşişga va Asad rejimi jinoyatlarini hukm qilişga çaqirdi. Uning fikriça, yaraşuv bitimining buzilişi navbatdagi gumanitar inqirozga sabab bölgan.

Boş muzokaraçi, şuningdek rejim aviazarbalari Ayn-al-Fijh, Besim, Kafr Zayt va Husayniy qişloqlaridagi suv obektlariga yönaltirilganligini ma'lum qildi. 

Şu bilan birga oçiq maktubda Barada vodiysidagi hujumlarda barrel bombasi qöllanilganligi hamda buning inson huquqlariga oid xalqaro qonunlarga zid ekanligi qayd qilingan. 

Hijob rejim kuçlari Kimyoviy qurolning taqiqlanişiga oid konvensiyani ham oçiqdan-oçiq buzganligini ta'kidlagan va bunga misol tariqasida 5 yanvar kuni Besim qişloğiga tarkibida xlor gaz bölgan raketalar bilan uyuştirilgan hujumini keltirib ötdi.  

Bu mintaqalarda yaşovçi aholi borgan sari köproq oziq-ovqat, suv, elektr energiyasi va tibbiy dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda. 

Asadning rejimi darhol töxtatilişi kerak, deb hisoblaydi Hijob. 

Rejim kuçlari va ularning tarafdorlari 2016 yilning oxirida Halabni qölga kiritgandan keyin Barada vodiysidagi hujumlarni kuçaytirdi. Vodiy Damaşqdan 16 kilometr narida joylaşgan.