Tu-154 aviahalokati qurbonlarining jasadlari qoldiqlari DNK-ekspertizadan ötkazilgaç, «Adolatli yordam» fondi rahbari bölgan Yelizaveta Glinka (doktor Liza) jasadi aniqlandi. TASS naşri xabar berişiça, uning jasadi 16 yanvar kuni Novodeviçe qabristoniga dafn etiladi.

25 dekabr tongida Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti Suriyaga uçiş vaqtida Qora dengizga quladi. Bortdagi ekipaj a'zolari, harbiylar, jurnalistlar, Aleksandrova orkestri musiqaçilari, doktor Liza, jami 92 kişi halok bölgan.

Yelizaveta Glinka özining xayriya işlari, yordam taşabbuslari bilan tanilgan edi (u Doktor Liza taxallusi ostida blog yuritgan, 2010 yili Rossiyada yil blogeri deb tan olingan). 2015 yildan boşlab gumanitar missiyalar safida bir neça bor Suriyada bölgan hamda suriyaliklarga dori-darmon tarqatiş va tibbiy yordam körsatiş işlarida qatnaşgan.