«Adolatli yordam» jamğarmasining ijroçi direktori, Doktor Liza taxallusi bilan maşhur bölgan Yelizaveta Glinka Tu-154 aviahalokati oqibatida halok bölgan. Bu haqda «Snob» naşri uning turmuş örtoği Gleb Glinkaga asoslangan holda xabar berdi.

«Ha, u samolyotda bölgan», — deya javob qaytargan u şu boradagi savolga.

«Adolatli yordam» jamğarmasi saytida Doktor Liza Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyotida Lataqiyadagi Tişrin universiteti şifoxonasiga gumanitar yuk olib ketayotgan bölgan.

Avvaliga u samolyot Soçiga qönganida aeroportda qolgani haqida xabarlar tarqatilgandi. Keyinroq bu ma'lumot tasdiqlanmadi.

Prezident qoşidagi Inson huquqlari böyiça boşqarma saytida Yelizaveta Glinkaga nekrolog yozilgan. 

Doktor Liza özining xayriya işlari, yordam taşabbuslari bilan tanilgan edi. U 2010 yili Rossiyada yil blogeri deb tan olingan. 2015 yildan boşlab gumanitar missiyalar safida bir neça bor Suriyada bölgan va suriyaliklarga dori-darmon tarqatiş hamda tibbiy yordam körsatişda iştirok etgan.

Ayni vaqtda şu yilning 8 dekabr kunida Vladimir Putin tomonidan huquq himoyasi sohasidagi yuksak xizmatlari uçun davlat mukofoti bilan taqdirlangan Doktor Lizaning nutqidan parça tarqalmoqda.

«Heç qaçon ortga omon qaytişimizga işonçimiz komil bölmaydi. Men nima deyayotganimni bilaman. Uruş — bu Yerdagi jahannamdir», degandi Glinka xonim.

Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 rusumli harbiy transport samolyoti Moskva vaqti bilan soat 05:27da radarlardan yöqoldi. Dastlab Moskvadan Suriyaga uçgan samolyot Soçida yoqilği quyiş uçun qönib ötgan. Samolyot Soçi qirğoqlaridan bir neça kilometr içkarida qulagan. Samolyot bortida jami 92 kişi bölgan va ularning barçasi halok bölgan. Yölovçilarning aksariyati Aleksandrov nomidagi aşula va raqs ansambli a'zolari bölgan. Bu ansambl Halabda konsert berib ortga qaytişi rejalaştirilgandi.

Uşbu hodisa böyiça jinoyat işi oçilgan, tergov-suriştiruv işlari davom ettirilmoqda.