Turkiya sudi mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan qöriqlaş xizmatining sobiq boşliği Maksut Karalni terrorçilik faoliyatiga aloqadorlik böyiça ayblovlarga köra hibsga oldi. Bu haqda Dogan axborot agentligi xabar bermoqda.
Karal Antalya viloyatining Kemer uyezdida qölga olinib, muholifatçi Fathulloh Gulenning FeTO taşkiloti faoliyati tergovi böyiça prokuraturaga söroq qilingani yetkazilgan. Söroq natijalariga köra tergovçilar Karalni hibsga olişga suddan ruxsat olişgan. U terrorçilik taşkilotiga a'zolikda va uning nomidan iş qilişda ayblanmoqda.
Karal bir neça yillar avval, Erdöğan boş vazir bölganda uning qöriqlaş xizmati boşliği bölgan. 2016 yil oktabrdan Karal rasman pensiyaga çiqqan. Karal avval politsiya tomonidan qimmatbaho metallar bilan firibgarliklar amalga oşiriş gumoni bilan uşlangan, biroq ayblovlar e'lon qilinmasdan qöyib yuborilgan.












