Biz belgilangan yölimizdan qaytmaymiz va kuraşni davom ettiramiz, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Anqarada mahalliy ma'muriyatlar rahbarlari yiğilişida.

Uning sözlariga köra, turk xalqi terrorçilik taşkilotlarining asl yuzini kördi. «Biz Fathulloh Gulenning terrorçilik oqimi bilan kuraşni davom ettirmoqdamiz hamda IŞID terrorçilarini yöq qilamiz», - dedi Erdöğan.

Uning ta'kidlaşiça, Turkiya uning terrorçilik bilan kuraşdagi boş raqiblari terrorçilik taşkilotlarining özi emas, balki ularning ortida turgan kuçlardir. «Biz terrorçilarni yöqotmay turib, bu kuraşda ğolib bölişning iloji yöqligini yaxşi bilamiz. Aynan şuning uçun Kurdiston işçi partiyasi terrorçilarini yöq qiliş uçun barça çoralarni kördik», - ta'kidlab ötdi prezident.

Davlat rahbari keça IŞID terrorçilari tarkibida bölgan jangarilar, bugun Turkiyaga qarşi PYD va YPG (KIPning Suriyadagi bölinmalari) jangarilari niqobi ostida kuraş olib borayotganini aytgan.

«Fathulloh Gulenning terrorçilik oqimiga kelsak, unda xiyonatga tayyor bölgan va insoniylik qiyofasidan mahrum şaxslar yiğilganini aytiş mumkin», - dedi prezident.

«Taxminimça, Turkiyada 15 iyul kuni yuz bergan harbiy töntarişga urinişga Gulenning terrorçilik oqimi aloqador emasligi haqidagi fikrlar, Anqarada rossiyalik elçi Andrey Karlovning qotilligidan söng öz kuçini yöqotdi», - ta'kidlab ötdi Erdöğan.

«KIP terrorçilari xalq birdamligi, Vatan, Turk davlatiga qarşi çiqmoqda. Aynan şu maqsad 15 iyul kuni Fathulloh Gulenning terrorçilik oqimi tarafdorlari tomonidan ham közlangan. IŞIDga kelsak, bu terrorçilik taşkiloti boşidan Turkiya va uning xalqiga nisbatan duşman kayfiyatida bölib keldi. IŞID terrorçilarining islomga heç qanday aloqasi yöq», - davom etdi davlat rahbari.

Prezidentning ta'kidlaşiça, Turkiyaga hujumlar iqtisodiy sababga ham ega bölgan. «Bu hammaga ma'lum. Qurollangan terrorçilar va öz hisob raqamlarida dollarlarga ega bölgan terrorçilar örtasida qöyilgan maqsad borasida heç qanday farq yöq. Ularning maqsadi – Turkiyani tiz çöktiriş. Ular buning uçun qurol sifatida valyutadan foydalanmoqda», - dedi Erdöğan.

«Yana bir bor işbilarmonlarga murojaat qilaman. Sarmoyalar, işlab çiqariş quvvatlari, yangi iş örinlarini yaratiş, töxtatilgan obektlarni qöllab-quvvatlaş, amaldagilari işini tezlaştiriş vaqti keldi. Bugun tavakkal qilmasak, ertaga keç böladi», - qöşimça qildi prezident.

Turkiya rahbari valyuta bozoridagi milliy valyuta kursi bilan boğliq turli nayranglarga ham e'tibor qaratdi.