Madridning “Real” futbol klubi Ispaniya kubogining 1/8 final javob bellaşuvida “Sevilya” bilan 3:3 hisobida durang öynadi va mağlubiyatsiz uçraşuvlari sonini 40taga yetkazib oldi. Bu haqda Tribuna.uz xabar bermoqda.
Şu tariqa, Madrid klubi “Barselona” tomonidan Ispaniya klublari uçun örnatilgan rekordni yangiladi. Kataloniyaliklar 2015 yilning oktabridan 2016 yilning martiga qadar 39ta bahsda mağlubiyatga uçramagandi.
Şuni ta'kidlab ötiş joizki, “Real” “Sevilya” bilan uçraşuvda mağlubiyatga ham uçraşi mumkin edi - jamoa 83-daqiqagaça 1:3 hisobida imkoniyatni boy berayotgandi, “qaymoqranglilar”ni qöşib berilgan vaqtda Karim Benzema qutqarib qoldi.












