Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe 12 yanvar kuni Filippinga taşrif buyurdi. Abe Filippin prezidenti Rodrigo Dutertening oddiy uyida nöxat şörva va guruç unidan tayyorlangan patirçalarni tanovul qilib, nonuşta qildi. Bu haqida Gulf News naşrida xabar berildi. 

Dutertening aynan oddiy hayot tarzi millionlab filippinliklarning unga ovoz berişiga turtki bölgan.

Yaponiyaning Ğarbdagi ittifoqdoşlari Filippinning yangi rahbari bilan qanday kuraşiş mumkinligi ustida boş qotirayotgan bir vaqtda Abe Duterte bilan iliq munosabat örnata oldi. 

U Duterte prezident bölib saylangandan keyin Filippinga taşrif buyurgan birinçi xorijiy yetakçi hisoblanadi. Abe payşanba kuni dunyodagi eng tez ösib kelayotgan iqtisodiyotning zaiflaşib borayotgan infratuzilmasini takomillaştiriş uçun Filippinga 1 trillion iyen (8,77 milliard dollar) investitsiya paketini yordam tariqasida taqdim etdi. 

Juma kuni yetakçilar oddiy kiyinib, biznesni muhokama qilmaslikka qaror qilişdi, OAVda ularning asosan mahalliy taomlar bilan nonuşta qilayotgan suratlari tarqaldi. Dutertening boş yordamçisi Kristofer "Bong" Go özining Facebook'dagi tarmoğida uşbu suratlar bilan bölişdi.

Uning sözlariga köra, Abe prezidentning turmuş tarzi bilan yaqindan taniştirilgan. Şuningdek unga "Sakura" nomli filippin burgutini sovğa qilişgan. Burgut ovçilar tomonidan yaralangandan söng mahalliy reabilitatsion markazlardan birida davolanayotgani uçun janob Abe uni şaxsan köra olmadi, biroq ramziy ma'noda unga topşirilgan burgut öyinçoqni qabul qildi, unda "Sakura janob Sindzo Abe tomonidan qabul qilindi", deb yozilgan edi.