"Toyota" kompaniyasi "quvvatlangan" Yaris xetçbekining ilk suratlarini çop etdi. Bu model kompaniyaning 10 yil içidagi ilk xot-xetçi böldi: 2007 yilda konveyerdan "Korolla" T-Sport olingan, undan avval – 2005 yilda esa bozordan "Yaris" T-Sport ketgan. Yangi modelning ommaviy namoyişi mart oyida Jyenevadagi motorşouda bölib ötadi.

"Toyota" Yaris’ning yaratilişini ilk marta ötgan yilning oxirida özining WRC poyga jamoasi va "Yaris"ning poyga varianti namoyişida e'lon qilgan. Oddiy xot-xetç haqida hozirça unça köp ma'lumot yöq. Şunisi ma'lumki, model faqatgina uç eşikli variantda, kuzovda poyga maşinasining körinişini eslatuvçi nakleyka, tajovuzkor osma detallar va katta spoyler bilan sotiladi. 

Xot-xetçning motori 210 ot kuçidan köproqni taşkil qiladi. Ehtimol, bu 1,6 litrli benzinli turbomotor bölişi mumkin. Şunday hajmdagi dvigatel poyga avtomobiliga örnatiladi.

Şu tariqa, yangi Yaris modeli Peugeot 208 GTi va Ford Fiesta ST200 maşinalari bilan raqobatlaşişi mumkin. Peugeot 208 GTi 100 km/soatga 6,2 soniyada, Ford Fiesta ST200 esa 6,7 soniyada erişadi.  

Kompaniya yangi model haqida batafsil ma'lumotni Jyenevadagi premeradan avval berişga va'da qilgan.

Xot-xetç deb quvvatli dvigatel, sport maşinalariga xos podveska, kuzovning qöşimça aerodinamik eyelementlariga ega xetçbekka aytiladi.