Çili prokuraturasi mamlakat prezidenti Mişel Baçeletning keliniga firibgarlik böyiça rasman ayblov e'lon qildi. Bu haqda 24 Horas telekanali xabar qilgan.

Prokuraturaning tergov olib borişiga tadbirkor Gonsalo Vialya Konçaning murojaati sabab bölgan. U Natalya Kompanonga tegişli Caval kompaniyasidan Çili toğ-kon sanoatiga oid tahliliy ma'lumot taqdim etişni söragan. Tadbirkorning ta'kidlaşiça, olingan xulosalar firma ekspertlari tomonidan tayyorlanmagan, aksinça internetdan köçirilgan. Buning uçun tadbirkor kompaniyasi Caval firmasiga 1 mlrddan ortiq çili pesosi (1,5 mln dollarga yaqin) tölagan.

Uşbu iş böyiça ayblov Kompanonning hamkori Maurisio Valeroga ham e'lon qilingan. Agar ular aybdor deb topilsa, 5 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin. 

Ta'kidlanişiça, Baçelet kelini boşqa bir tergov işida ham asosiy gumondor hisoblanadi. Ötgan yili u soliq xizmatiga qalbaki hujjatlarni taqdim qilgani va Caval faoliyati bilan boğliq raqamlarni soxtalaştirgani ma'lum bölgan edi. 

Çili prezidentining keliniga tegişli kompaniya 2015 yil fevralida Çili jamoatçiligi diqqat-eʼtiboriga tuşib qolgandi. Öşanda, muxolifat davlat rahbarining öğli Sebastyan Davalosni Caval uçun 10 mln dollarlik kredit olişda öz obrösidan foydalanişda ayblagan edi. Bu pullar Çili poytaxti Santyago şimolida yer maydoni xarid qiliş uçun sarflangan. Birmunça vaqt ötgaç, uşbu köçmas mulk 15 mln dollarga sotilgan. 

Bu kabi mojarolar prezident Baçelet reytingiga sezilarli salbiy ta'sir etdi. Uning faoliyatini, sönggi ijtimoiy sörovlarga köra, 22 foiz çililik qöllab-quvvatlamoqda.