«RB Leyptsig» Yupamekanoni «Red Bull Zaltsburg»dan xarid qildi.

Kicker ma'lumotiga ko‘ra, transfer qiymati 10 mln yevroni tashkil etgan. Bundan tashqari, avstriyaliklar klubi futbolchi boshqa jamoaga qayta sotilganda muayyan miqdordagi ulushga ega bo‘ladi.
Nashrning qayd etishicha, bu iste'dodli futbolchi uchun «Bavariya», «Real», «Barselona» va «Manchester Yunayted» kabi jamoalar ham kurash olib borgandi.
«Red Bull Zaltsburg» tarkibida Yupamekano 23 o‘yin o‘tkazib, Avstriya chempionati va mamlakat Kubogini qo‘lga kiritgan. U Fransiya U17 bilan 2015 yilda Yevropa chempioniga aylangandi.










