Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Red Bull BC One saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi
Toshkentda dunyoning yirik breyk-danc musobaqasi saralash final bosqichi o‘tkazildi. Musobaqaning navbatdagi jahon finali Braziliyada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Foto: Red Bull
Red Bull BC One Cypher 2024 har yili butun dunyo breyk-danc ishqibozlarini bir joyga to‘playdigan chempionat hisoblanadi. Har yili minglab raqqoslar jahon finaliga chiqish va jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritish uchun bellashadilar. Bu yil milliy saralashlar 30 mamlakatda, shu jumladan O‘zbekistonda ham o‘tkazildi.

Saralashlar natijasida g‘oliblar joriy yilning dekabr oyida Braziliyada bo‘lib o‘tadigan jahon finaliga yo‘l olishadi va jahon chempionligi uchun kurashishadi.
22 sentabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan – Red Bull BC One Cypher 2024 O‘zbekistonning milliy saralash bosqichida mamlakatning eng kuchli raqqoslari - 25 yoshli Talg‘at Sherov (yigitlar orasida) va 21 yoshli Kristina Kim (qizlar orasida) g‘olib bo‘lishdi. Milliy finalda 18 nafar ishtirokchi qatnashdi va g‘oliblar Braziliyada bo‘lib o‘tadigan jahon finalida ishtirok etish uchun yo‘llanma oldi.

Musobaqa haqida batafsil ma’lumotni Red Bull Uzbekistan rasmiy sahifalari orqali olish mumkin.
Reklama
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026