Rossiyaning Yekaterinburg şahri tergov idoralari multfilm körib ötirgan bolaning özini osib qöyişi bilan boğliq holat böyiça suriştiruv işlarini olib bormoqda. Bu haqda Rossiya Tergov qömitasining Sverdlov viloyati böyiça rahbari katta yordamçisi Aleksandr Şulga RIA Novostiga ma'lum qilgan.
"Tergov qömitasi fojiaga oid holatlarni örganmoqda. Bir neça taxminlar bor. Baxtsiz hodisa şulardan biri", — degan agentlik suhbatdoşi.
Uning sözlariga köra, hodisa 12 yanvar kuni, oila a'zolarining barçasi uyda bölgan vaqtda yuz beran.
Avvalroq, OAV xabar qilganidek, 9 yoşli bola multfilm tomoşa qilib ötirgan. Birmunça vaqtdan söng, uning otasi xonaga kirganda bolani osilgan holda topgan. Tez yordamni çaqirişgan bölsa-da, bolaning hayotini saqlab qolişning imkoni bölmagan.












