16-sentabrga ötar keçasi - tunda Ğazo şahrida uruşdan zarar körgan 7 qavatli turar-joy binosi qulab tuşdi. Oqibatida kamida 20 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok böldi, önlab odamlar esa vayronalar ostida qolib ketdi.
Mahalliy rasmiylarga tayanib Al Jazeera'ning yozişiça, halok bölgan 20 kişi orasida beş nafar bola ham bölgan, yana 14 kişi jarohatlangan.

Ğazo fuqaro mudofaasi matbuot kotibi Mahmud Basal qutqaruvçilar hamon vayronalar ostidan jasadlarni olib çiqiş va bedarak yöqolganlarni qidiriş ustida işlayotganini bildirdi. «Hozirga qadar uşbu bino vayronalari ostida 100 ga yaqin falastinlik qolmoqda», deydi u.
Boz ustiga, qutqaruv guruhlarida tegişli uskunalar yöqligi sababli odamlarga yetib boriş öta qiyin keçmoqda.
Mahalliy OAVning xabar berişiça, bino avvalroq Isroil hujumlaridan zarar körgan. Buning oqibatida u qulaşidan oldin darz ketgan va konstruksiyasi zaiflaşib qolgandi.
Reuters tomonidan olingan videoda qutqaruvçilarning qulab tuşgan devor ostidan ikki kişini olib çiqişga urinayotgani aks etgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi boşqa bir videoda qutqaruvçilar qonga belangan yoş bolani kötarib ketayotgani körsatilgan.

Ğazo şahri fuqaro mudofaasi xizmati rahbari Raid ad-Dahşanning Reutersʼga aytişiça, qulagan binoda kamida 10 ta oila yaşagan va omon qolganlarni topiş umidi hamon saqlanib qolmoqda.
Ğazodagi hukumat uşbu hodisa uçun «Isroil okkupatsiyasi va xalqaro hamjamiyatni töliq va bevosita javobgar» deb hisoblaşini maʼlum qildi.
















