Yaponiyaning aerokosmik agentligi dunyodagi eng mitti raketa-taşuvçi SS-520-4’ni orbitaga sun'iy yöldoş olib çiqişi uçun koinotga uçirdi.
Raketa mahalliy vaqt bilan 15 yanvar soat 08:33da Kagosima prefekturasidagi Utinomura koinot markazidan uçirilgan. NHK telekanali ma'lumotlariga köra, raketa startidan 7,5 daqiqadan keyin aloqa sun'iy yöldoşi Yerdan 200 km balandlikdagi belgilangan orbitaga olib çiqilgan.
Dastlab raketa 11 yanvarda uçirilişi rejalaştirilgandi, biroq parvoz yomon ob-havo şaroiti tufayli qoldirilgandi.
SS-520-4 dunyodagi eng kiçik raketa bölib, orbitaga sun'iy yöldoş olib çiqa oladi. Uning balandligi 9,5 metr, diametri 50 santimetr, oğirligi 2,6 tonnani taşkil qiladi. Bu raketa hozirda Yaponiyada qöllanuvçi uçiş qurilmalaridan ança kiçikdir: N2A raketasining uzunligi 50 metr, "Epsilon"niki esa 25 metrni taşkil qiladi. Yer sirti kuzatuvini olib boradigan sun'iy yöldoşning ölçamlari ham juda kiçik: oğirligi 3 kg, ölçamlari 11,66 x 11,6 x 34,6 santimetr.
Raketa va sun'iy yöldoşning kiçik ölçamlari ularni yaratiş va uçiriş uçun sarf-xarajatlarni 10 martalab kamaytirişga imkon berdi. Xarajatlar 400 mln iyenni (3,4 mln dollar) taşkil qilgan. Bu esa Yaponiyada an'anaviy tarzda işlatiluvçi raketalar uçirilişiga ketadigan xarajatlarning yuzdan birini taşkil qilmoqda. Misol uçun, N2A turidagi raketani uçiriş örtaça 10 mlrd iyendan köproqni (100 mln dollardan köproq) taşkil qiladi.












