Amerikalik aktyor Jonni Depp 17 yillik hamkorlik davomida u işlab topgan 28 mln dollarni özlaştirib olgan menejyerlari ustidan sudga şikoyat qildi. Bu haqda The Hollywood Reporter naşri yozmoqda.

Depp advokati ma'lumotlariga köra, Depp bilan 1999 yildan 2016 yilgaça birga işlagan va unga moliyaviy va soliq masalalarini hal qilişda yordam bergan boşqaruvçilari aktyorga tegişli 28 mln dollarni özlaştirib olganlar. 

"Janob Depp dunyodagi eng talabgir va yuqori haq oluvçi aktyorlardan hisoblanadi. Biroq u şu bilan birga öz menejyerlari tomonidan özini tutiş qoidalarining qöpol buzilişi qurboni hisoblanadi. Ular aktyor bilan oğzaki kelişuv asosida göyoki önlab million gonorarlar olganlar, aslida esa bu gonorarlar aktyorning hisobidan olingan", deb aytmoqdalar aktyor advokatlari. 

Deppning aytişiça, menejyerlar pulni özlaştirişdan taşqari, soliq va jarimalarni tölaşda notöğri siyosat yuritganlar va buning oqibatida yana 5,6 mln dollar tölangan. Bundan taşqari, Deppning menejyerlari uning ruxsatisiz uçinçi şaxslar hisob raqamlariga pullar ötkazganlar.

Ta'kidlanişiça, aktyor 2016 yilda özining menejyerlarini almaştirgan hamda ularning öz mavqelarini qançalik suite'mol qilganliklarini aniqlaş uçun advokatlar yollagan.