AQŞ prezidenti Donald Tramp Hollivud aktyori Jonni Deppning hazilidan xafa bölganini aytib, zöravonlikning har qanday körinişini qoralaşini ta'kidlagan, deya xabar bermoqda ABC News telekanali.

Buyuk Britaniyaning Glastonberi musiqa festivalida kinoaktyor Jonni Depp özi boş rolni öynagan «Axloqsiz inson» filmi namoyişi oldidan Amerika yetakçisi haqida hazil qilib, töplanganlarning olqişiga sabab bölgan.

— Bu yerga Trampni taklif qiliş mumkinmidi, deyapsizlarmi? Menimça, u odam yordamga muhtoj. Axir u bu yerga kelsa, bu voqea matbuotda şov-şuv bölib ketadi va bu juda dahşatli voqea böladi. Unda sizlarning ham iştirok etişingizni istayman. Sönggi marta aktyor prezidentni qaçon öldirgan edi?  — degan Jonni Depp.

Hollivud aktyori «Işbilarmonlik san'ati» kitobiga parodiya sifatida suratga olingan 50 daqiqalik «Bitim tuziş san'ati» komediya janridagi filmida AQŞning amaldagi prezidenti rolini ham öynagan.

Tramp ma'muriyatidagilarning xabar berişlariça, u zöravonlikning har qanday körinişini qoralaydi va Jonni Depp singari maşhurlar ham bunga rioya qilmayotganidan taşvişda.

Amerika yetakçisining ma'muriyatidagilar Jonni Deppning hamkasblari bunday mazmundagi gap-sözlarga qarşi çiqiş qilib, endi heç qaçon zöravonlikni qöllab-quvvatlamasliklaridan umid qilişayotganini bildirişgan.

AQŞ prezidenti maxfiy xizmati esa aktyorning gap sözlarini alohida nazoratga olib qöyişganini ta'kidlaşgan.