Sidney markazida beş aralaş parrelepipedlardan iborat "aylanuvçi" osmonöpar minora barpo etiladi. Quay Quarter Tower nomli bino konsepsiyasi Daniyaning 3XN me'morçilik kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan. Kompaniya 2014 yilda 49 qavatli bino yaratiş böyiça ötkazilgan tanlovda ğolib bölgan, 2015 yilning noyabrida esa 3XN loyihasi şahar kengaşi tasdiğidan ötgan. 

Öz tuzilişiga köra, yangi osmonöpar loyiha mutlaqo özgaça körinadi - bino taşqarisidan qanday körinsa, içkaridan ham şunday. Minora balandligi 200 metrni taşkil qiladi, bino maydoni 100 ming kvadrat metrdan ortiq. Quay Quarter Tower şahar markazida, boşqa baland binolar orasida, Opera teatri yaqinida qad kötaradi. Quriliş 2018 yilda yakunlanişi rejalaştirilmoqda. 

Yangi bino bir-biriga qarama-qarşi beş blokdan iborat. U joylaşuviga köra, xuddi öz atrofida aylanayotgan minoradek tasavvur uyğotadi. 

Har bir blok tomida yaşil hudud taşkil etilişi közda tutilmoqda. Me'morlarning fikriça, bunday dizayn idora xodimlari va mehmonlariga ham gorizontal, ham vertikal tomondan manzaradan bahra oliş imkonini beradi.