Yevropaning Airbus aviasozlik korporatsiyasi joriy yil oxirida muqobil parvoz qiluvçi taksi prototiplarining sinovini ötkazişi mumkin. Kompaniyaning uşbu rejasi haqida Business Insider naşri Airbus rahbari Tom Endersga asoslangan holda yozmoqda.
Yangi turdagi havo transport vositalarini işlab çiqariş bilan korporatsiyaning ötgan yili asos solingan Urban Air Mobility şö'ba korxonasi şuğullanmoqda. Vahana deb nomlangan parvoz qiluvçi taksi loyihasi ötgan yilning oktabr oyida taqdim etilgan edi. Bir yölovçi yoki har qanday yukni taşiy oladigan drondan iborat uçar maşina havodagi boşqa obektlarni mustaqil ravişda aniqlay oladi va ular bilan töqnaşuvlardan qoçadi. Şu bilan birga, muqobil parvoz uçun eng qulay yönalişni özi tanlaydi.
Kompaniya kelgusida köproq kişilarni taşiy oladigan parvoz qiluvçi taksilarni işlab çiqarişni rejalaştirmoqda. Ularga, şuningdek, tik uçiş va qönişga yordam beruvçi gorizontal parraklar ham örnatiladi.
Umuman, Toyota kompaniyasi va Google kompaniyasi asosçilaridan biri Larri Peyj ham uçar taksilar ustida boş qotirmoqda. Ayni kunda, eng maşhur uçar muqobil transport vositalari sifatida Slovakiyaning AeroMobil, Germaniyaning Carplane, Amerikaning Terrafugia loyihalari hisoblanadi.












