Filippin Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli orollarda qurol joylaştirişi sababli Xitoyga verbal nota (yozma norozilik) yubordi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Verbal nota şaxsiy notadan farqli ravişda, nafaqat prinsipial, balki kundalik masalalar böyiça ham yuborilişi mumkin. Bunday nota odatda elçi tomonidan imzolanmaydi. Filippin taşqi işlar vaziri Perfekto Yasayning aytişiça, Manila ataylab norozilikni bunday şaklda bildirişni tanlagan.
"Biz verbal nota yuborib, Xitoy harakatlariga javob berdik. Men Filippin xalqi bizda Xitoy bilan hududiy bahs borligini, biroq biz vaziyatni faqatgina yomonlaştirişi mumkin bölgan tajovuzkor va iğvogar harakatlarni amalga oşirmoqçi emasligimizni bilişini istayman. Biz Xitoy bilan uruşa olmaymiz", deb aytgan Yasay.
Ma'lum qilinişiça, Xitoy Janubiy Xitoy dengizida yaratilgan barça yettita sun'iy orollarda raketalar hujumi va havo hujumiga qarşi tizimlarni joylaştirdi.
12 iyulda Gaagadagi xalqaro sud Xitoy Janubiy Xitoy dengizidagi orollarga "tarixiy huquqqa" ega emasligini va Filippin huquqlarini buzayotgani haqidagi hukmni çiqargan.
Pekinda "heç qanday vaziyatda uçinçi taraflar tomonidan dengiz çegaralarining delimitatsiyasi va hududiy bahslarning hal qilinişini qabul qilmasliklari", "Xitoy qurolli kuçlari esa milliy suverenitet va mamlakatning dengiz huquqlari va manfaatlarini himoya qilişi" aytilgan.











