Xitoy hukumati Yevropa Ittifoqi öz birligini saqlab qolişiga umid qiladi, deb bayonot bergan XXR TIV rasmiy vakili Xua Çunin.
17 yanvar kuni Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey Londonda mamlakatning YeIni tark etişiga bağişlangan yirik ma'ruza bilan çiqiş qilişi kutilmoqda. 16 yanvarda Britaniya OAV uşbu ma'ruzaning ayrim qismlaridan iqtiboslar keltirgan edi. Unga köra, Birlaşgan Qirollik YeIga a'zolikning birorta elementini saqlab qolmaydi.
"Xitoy bu borada bosqiçma-bosqiçlik siyosatini ma'qul köradi. Biz farovon, barqaror, oçiq YeIni körişni xohlaymiz, uning integratsiya jarayonlarini qöllab-quvvatlaymiz. Xitoy, Yevropa Ittifoqining birlik va barqarorlik prinsiplariga rioya qilişiga umid qiladi", — degan Xua Çunin.
Eslatib ötamiz, 2016 yil 23 iyunda Buyuk Britaniyada YeI tarkibidan çiqiş masalasiga bağişlangan referendum bölib ötgan edi. Rasmiy ma'lumotlarga köra, 51,9 foiz britaniyaliklar Umumiy Yevropa taşkilotini tark etişni ma'qullagan.












