«Lokomotiv»ni jamoaning asosiy tarkib futbolçilaridan yana biri, yarim himoyaçi Sanjar Şoahmedov tark etdi. U ötgan mavsum oliy liganing barça öyinlarida maydonga tuşgan sanoqli futbolçilardan biri bölgandi.

Toşkentliklar jamoasi matbuot xizmati xabariga köra, u ham hujumçi Temurxöja Abduxoliqov singari Qatarning «As-Sayliya» klubiga ötgan. 

Sanjar Şoahmedov 16 yanvar kuni tibbiy körikdan muvaffaqiyatli ötgan va yangi jamoasi bilan bir yarim yilga möljallangan şartnoma imzolagan. Endilikda u ham faoliyatini Qatar Yulduzlar Ligasida davom ettiradi.

Ötgan mavsum çempioni bölgan «Lokomotiv» qişki transfer bozorining özida uç yetakçi futbolçisi bilan xayrlaşdi. Temurxöja Abduxoliqov va Sanjar Şoahmedovdan oldinroq Server Jyeparov Eronning «Istiqlol» klubi a'zosiga aylangandi.

«Lokomotiv» ularning örniga ikki nafar afrikalik legioner futbolçi bilan şartnoma imzolagan. Bular ivuarlik himoyaçi Mohamed Kone va hujumçi Gnohore Krizo.

Avvalroq «Lokomotiv» klubi «Nasaf» himoyaçisi Şuhrat Muhammadiyev va «Olmaliq» yarim himoyaçisi Diyor Turopov bilan şartnoma tuzgandi.