Jamiyat | 10:20 / 17.01.2017
10508
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida «Butun jahon suv kuni»ga bag‘ishlangan tanlov tashkil etiladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 22 mart – «Butun jahon suv kuni» deb e'lon qilinib, 1993 yildan buyon xalqaro miqyosda nishonlab kelinadi.

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida «Butun jahon suv kuni»ga bag‘ishlangan tanlov tashkil etiladi

Bu tadbirni nishonlashdan maqsad insoniyatni suvdan samarali foydalanish va uni asrash, suv resurslarini kelajak avlodga yaxshi holatda yetkazib berishdan iboratdir. Har yili «Butun jahon suv kuni» ma'lum bir shior ostida nishonlanadi. Ushbu kun 2015 yilda «Suv va barqaror rivojlanish», 2016 yilda  «Suv va kasblar» shiori ostida nishonlangan bo‘lsa, 2017 yilda «Oqava suvlar» shiori ostida nishonlanishi belgilangan.

Shu munosabat bilan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida O‘zR QSXV, Oliy Majlis qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi, BMT Taraqqiyot dasturi, TIMI Buxoro filiali, ToshDAU, O‘zMU, TDTU bilan hamkorlikda tashkil etiladigan ilmiy – amaliy seminarda suv resusrlaridan samarali foydalanish, ularni muhofaza qilish bo‘yicha barcha qiziquvchi bakalavriatura va magistratura talabalarini “eng yaxshi ilmiy maqola”, “eng yaxshi video rolik” va “eng yaxshi reklama banneri” nominatsiyalari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.

Tanlovda ishtirok etiuvchilar o‘zlari yoritadigan materiallarida insoniyatning suvdan samarali foydalanishi va uni asrashi, suv resurslarini kelajak avlodga yaxshi holatda yetkazib berishiga e'tibor qaratishlari kerak. 

Tanlovga taqdim etiladigan ishlanmalar 2017 yilning 5 martiga qadar qabul qilinadi. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tashkiliy qo‘mita manzili:  Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39. Toshkent  irrigatsiya va melioratsiya instituti, Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi,  11-bino, 2 qavat. Tel. 237-22-67, 237-09-46.

Batafsil ma'lumot bilan www.tiim.uz  veb saytida tanishish mumkin, tanlov natijalari joriy yilning mart oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkaziladigan ilmiy amaliy seminarda e'lon qilinishi Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor, t.f.d. T.Sultanov tomonidan tasdiqlandi. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid