11-12 aprel kunlarida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida (TIMI) «Globallashuv sharoitida suv xo‘jaligini samarali boshqarish muammolari va istiqbollari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjumanda TIMI olimlari, O‘zbekiston, Qozog‘iston,  Qirg‘iziston,  Tojikiston,  Turkmaniston  respublikalarining Qishloq va suv xo‘jaligi, energetika sohasidagi vazirlik vakillari, TIMI qoshidagi Irrigatsiya va suv muammolari ITI, GIZ, IWMI, UNDP, Shveytsariya elchixonasi, suv tejovchi texnika va texnologiyalar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ishtirok etdi. Bu haqda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti matbuot xizmati xabar bergan.

Anjumanni TIMI rektori, q.x.f.d., professor – M.X.Hamidov hamda O‘zR QSXV vaziri o‘rinbosari, t.f.n. – Sh.R.Hamroyev ochib berishdi.

Shuningdek, yalpi majlisda bir qator xalqaro tashkilot vakillari hamda professor – o‘qituvchilar so‘zga chiqib, o‘zlarining kirish so‘zlari hamda ilmiy ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi. Jumladan, Qozog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi o‘rinbosari – Ye.N.Nisanbayev, Qirg‘iziston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya vazirligi Suv xo‘jaligi va melioratsiya boshqarmasi Bosh direktori – K.J.Tashtanaliyev, Tojikiston Respublikasi Energetika va suv resurslari vazirining birinchi o‘rinbosari — S.N. Rahimzoda, Turkmaniston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – G.Baydjanov, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati Markaziy Osiyoda suv resurslarini transchegaraviy boshqarish dasturi rahbari – Karolina Milov o‘zlarini kirish so‘zlari bilan, shuningdek, Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasi Ilmiy-axborot markazi (NITs MKVK) direktori, professor – V.A. Duxovniy “Budushcheye – vodosberejyeniye i sotrudnichestvo” mavzusida, Shveytsariya elchixonasi missiya rahbari o‘rinbosari, Suv va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha maslahatchi – Terri Umber “Voda dlya jizni i intergrirovannoye upravleniye vodnymi resursami v Tsentralnoy Azii” mavzusida, G‘arbiy Vengriya universiteti professori – Bela Markus “Overcoming human barriers in using geoinformation technologies” mavzusida, Markaziy Osiyoning hududiy ekologik markazi direktori –