Ukraina Rossiyaga qarşi BMTning Gaagadagi Xalqaro sudiga da'vo arizasi berdi. Bu haqda Ukraina taşqi işlar vaziri matbuot xizmati ma'lum qildi. Tegişli buyruqni Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko bergan.  

Ta'kidlanişiça, şikoyat "Rossiyani Ukrainaga noqonuniy tajovuz vaqtida terrorçilik va tahqirlaş harakatlarini amalga oşirganlik uçun javobgarlikka tortiş maqsadida" berilgan.

Hujjatda aytilişiça, Moskva terrorçilikni moliyalaştirişga qarşi kuraş va irqiy tahqirlaşni bartaraf etiş konvensiyasini buzgan.

Ukraina Xalqaro sudga işni körib çiqiş vaqtida "Rossiya tomonidan inson huquqlari buzilişlarining oldini olişga qaratilgan" çoralar qabul qiliş iltimosini ham bildirgan.