Avstraliya boş vaziri Malkolm Ternbull mamlakat vazirlar mahkamasida qator özgarişlarni amalga oşirdi. Bunga yaqinda yuz bergan mojarolar tufayli soğliqni saqlaş va sport vaziri Syuzan Lining iste'foga çiqişi sabab bölgan, deb yozadi The Australian.
Qayd etilişiça, Avstraliya soğliqni saqlaş va sport vaziri lavozimiga Greg Xant tayinlangan. Bungaça Xant mamlakat sanoat, innovatsiyalar va fan vaziri bölib kelgan. Xantning örni vazirlar mahkamasi kotibi bölib işlagan Artur Sinodinosga işonib topşirilgan.
Ternbullning sözlariga köra, yangi tayinlovlar yirik özgariş hisoblanmaydi, balki bir iste'fo bilan boğliq kadrlar almaşinuvidir.
Naşrga köra, yangi vazirlar kelasi hafta boşida Kanberrada qasamyod qilişadi.












