Qahramon Quronboyev Özbekiston Respublikasi Prezidentining taşkiliy masalalar va kadrlar böyiça Davlat maslahatçisi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bungaça u 2016 yilning avgustidan buyon Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinçi örinbosari bölib işlab kelayotgandi.

Qahramon Qöçqoroviç Quronboyev 1992 yilda Toşkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti)ni, 2004 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan, siyosatşunoslik fanlari doktori.

Qahramon Quranboyev 2015 yildan buyon Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoşlar siyosati, ta'lim, madaniyat va sport masalalari axborot-tahlil departamentining Yoşlar siyosati va ma'naviy rivojlaniş şö'basi mudiri lavozimida faoliyat körsatgan.

1997—2008 yillarda «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengaşi raisining birinçi örinbosari lavozimida işlagan.

2009—2012 yillarda Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti Ma'naviyat va ma'rifat işlari böyiça prorektori bölgan.

2012—2013 yillarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi Ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça prorektori, 2013—2015 yillarda Respublika Ma'naviyat tarğibot markazi rahbari lavozimlarida işlagan.