Özbekistonda "Soçnaya Dolina", VIKO, Pro100Sok va ForKids kabi mazali şarbatlar işlab çiqaruvçi Intersok zavodi özining birinçi ekskursiyasini taşkil etdi.
Ekskursiyada eng jajji iste'molçilar va ularning ota-onalari iştirok etişdi. Ularga "Fiksiklar" multfilmining yorqin qahramonlari hamrohlik qilişdi.
Yoş iştirokçilar zavodga taşrif buyuriş uçun dastavval kompaniya tomonidan ötkazilgan maxsus tanlovda qatnaşib, şarbatlar haqidagi qiziqarli savollarini yuborişdi.
Ular orasida "Xonanda Şahzoda ham sizlarda işlaydimi?", "Nayça soliş uçun teşik juda ham kiçikku? Qutiga şarbatni qanday quyişadi?", "Şarbatni yorilib ketmaslik uçun qança içiş kerak?" kabi 20 nafar ğayrioddiy, ajoyib savollar egalari "Şirali vodiy"ga ota-onalari bilan birga sayohat qiliişga muvaffaq bölişdi.

Sayohat davomida ular mazali şarbatlar qanday tayyorlanişi haqida qiziqarli ma'lumotlarni bilib olişdi. Qiziği şundaki, ular zavod içiga sayohat qilib, qadoqlar qanday yaratilişi va şarbat quyiş jarayoni qay tariqa amalga oşirilişiga guvoh bölişdi. Katta quvurlar, ulkan laboratoriya, keng sex, zamonaviy uskunalar - bularning bari yoş bolalar bilan qatorda kattalarni ham hayratga soldi. Ular birinçi marotaba Namangan viloyatida yetiştirilib, quyultirilgan tabiiy olma şarbatidan ta'tib körişdi.

Quyultirilgan şarbatlar qanday qilib barça sevib iste'mol qiladigan içimlikga aylanişini tomoşa qilişdi.

Ularni navbatda yanada qiziqarli bölgan jarayon - mazali şarbatlarni ta'tib körib, unga baho beriş kutib turardi. Degustatsiya zalida bolalar va ularning ota-onalari "Soçnaya Dolina" hamda VIKO şarbatlaridan ta'tib körişdi va öz fikrlarini bildirişdi.
Şundan söng barça iştirokçilar multqahramonlar boşçiligida tuşlik qilişga yöl olişdi. Tuşlik vaqtida ekskursiyaning eng qizğin jarayoni boşlandi. Qahramonlar Simka va Nolik turli öyinlar, viktorinalar ötkazib, faol bolajonlarga sovğalar topşirişdi.
























