Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida yangi Nokia 6 smartfonining mustahkamligi bilan boğliq roliklar taqdim etilmoqda. Uskuna yordamida hattoki grek yonğoqlarini ham çaqib körişgan.
 
Ikkinçi rolikda smartfonni bir neça bora yerga taşlab, söng devorga qarab uloqtirişlari tasvirlangan.

Yangi uskuna 19 yanvardan boşlab sotuvga çiqariladi. U Xitoy bozoriga möljallangan bölib, JD.com saytida 245 dollarga baholanişi kutilmoqda. Sotuvlar boşlanişiga ikki kun qolganda Nokia 6’ga berilgan buyurtmalar soni millionta nusxaga yetdi.

Smartfon ekrani 5,5 dyuymli diagonalga ega bölib, 1920 ga 1080 piksel kenglikdan iborat. U Corning Gorilla Glass 3 himoya oynasi bilan qoplangan. Bundan taşqari, Nokia 6 sakkiz yadrolik Qualcomm Snapdragon 430 protsessori, Adreno 505 grafikasi, 4 GB operativ va 64 GB içki xotiraga ega.

Ma'lumot uçun, Nokia telefonlari orasida Nokia 3310 eng köp sotilgan uskuna deb hisoblanadi. Tarmoqda öta mustahkam bölgan bu telefonga turli yöllar bilan zarar keltirmoqçi bölgan foydalanuvçilarning roliklari köplab topiladi. Ba'zilar buning uddasidan ham çiqqan.