Nokia brendi huquqiga egalik qiluvçi HDM Global kompaniyasi  afsonaviy Nokia 3310 telefonining yangi avlodi, şuningdek Android'da işlovçi ikki yangi byudjyet smartfon - Nokia 3 va 5'ni namoyiş qildi.Hi-Tech naşri şu haqida xabar berdi.

Afsonaning qaytişi - Nokia 3310

Barça kutgan taqdimot - afsonaviy Nokia 3310 qurilmasining "merosxöri". Telefon xususityatlari oşkor etilmadi, lekin uning 22 soat muloqot rejimida işlay olişi, ikkita sim-kartani qöllaşi ma'lum qilindi. Qurilma taşqi körinişidan original variantidan ança farq qiladi, dizayn nisbatan yoşlarbop. Uning yangi ranglari namoyiş etildi: qora, olovrang, sariq va kulrang. Şuningdek unda maşhur "Ilonça" öyini bor!

Telefon sotuvlari 2017 yilning ikkinçi çoragida boşlanadi.

Yangi Nokia 3310 narxi - 49 yevro.

Nokia 3 va 5

Android boşqaruv ostidagi yangi ixçam va hamyonbop smartfon. Telefon korpusi tört xil rangdagi alyuminiy bölaklaridan işlangan: qora, kumuşrang, indigo va misrang. Displey ostida barmoq izlari skaneri mavjud.

Bahosi - 200 dollar.

Nokia 5 xususiyatlari:

Displey: 5,2 dyuym, HD, IPS;

Protsessor: Snapdragon 430;

Kamera: 13 Mp asosiy, f/2,0 va 8 Mp frontal, f/2,0;

Xotira: 2 Gb operativ va 16 Gb flesh-xotira, microSD xotira kartasini qöllab-quvvatlaydi;

Akkumulyator: 3000 mAs;

Ölçamlari: 149,7x72,5 x8,05 mm.

Nokia 3 xususiyatlari: