Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti tergovçisi 100 ming dollar pora bilan uşlandi. Kunning muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.

Buxoroda yangi turizm markazi barpo etiladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro şahrida qurilayotgan yangi turizm markazida olib borilayotgan bunyodkorlik işlari bilan tanişdi.

Majmua 50 gektar maydonda barpo etilmoqda. Loyihaga jami 105 million dollar investitsiya yönaltirilişi rejalaştirilgan. Loyihaga köra, hududda qabullar uyi, körgazmalar zali, muzey, ikkita zamonaviy mehmonxona, 80 ta oilaviy mehmon uyi, 2 ming örinli amfiteatr, 70 dan ortiq savdo va xizmat körsatiş şoxobçasi barpo etiladi. Şuningdek, sayilgohlar, hunarmandçilik markazlari va sunʼiy köl taşkil etiladi. Inşootlar qiyofasida Buxoro meʼmorçiligiga xos anʼanalarni zamonaviy yeçimlar bilan uyğunlaştiriş nazarda tutilgan.

Majmua töliq işga tuşgaç, 2 mingta iş örni yaratilişi, Buxoroga qöşimça 2 milliondan ortiq sayyoh jalb etilişi kutilmoqda. Hisob-kitoblarga köra, mahalliy byudjetga yillik tuşum 288 milliard sömni taşkil etişi mumkin.

Marat Hamdamov qamoqqa olindi

Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudi 2-noyabr kuni Imarat Development quriliş loyihasi rahbari Marat Hamdamovga qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllaş haqida ajrim çiqardi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Jinoyat işi 1-noyabr kuni Toşkent şahar IIBB tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 192-11-moddasi (Vakolatini suiisteʼmol qiliş) bilan qözğatilgan.

Imarat Development MÇJ qurilişi belgilangan xonadonlarni mijozlarga şartnomada körsatilgan muddatlarda topşirmagani aytilmoqda. Şuningdek, xaridorlar kompaniyaning loyihalaridan biri Toşkent viloyati Quyi Çirçiq tumanida amalga oşirilayotganiga qaramay, göyoki poytaxtda joylaşgandek taqdimot qilinganini aytişgan.

Toşkentda qozoğistonliklar ovqatdan zaharlanişi yuzasidan jinoyat işi qözğatildi

Toşkentdagi mehmonxonalardan birida bolalar örtasidagi futbol turnirida qatnaşiş uçun Qozoğistondan kelgan jamoa vakillari ovqatdan