Afsonaviy Nokia brendining bozorga qaytişidan keyingi ilk smartfoni Nokia 6 böldi va u faqatgina Xitoyda taklif qilindi. Smartfonni sotiş bilan şuğullangan JD.com saytida Nokia 6 bir daqiqa içida sotib bölingan, deb xabar bermoqda Xitoyning Anzhuo resursi.
CES 2017 elektronika körgazmasida taqdim qilingan Nokia 6 smartfoni Nokia bozorga qaytganidan keyin eng kuçlisi ham, eng qimmati ham emasligi aniq böldi. 26 fevralda taqdim qilinişi mumkin bölgan Nokia 8 va boşqa qurilmalar qiziqroq bölişi va'da qilinmoqda.
Mutaxassislarning tanqidlariga qaramay, xaridorlar Nokia 6’ni kutişdi. Smartfonlar JD.com saytida 1699 yuandan (taxminan 250 dollar) paydo bölganda bir daqiqaga qolmay talab ketilgan.
Biroq bu smartfonning birinçi partiyasi bölgan. Keyingi partiyalar bunçalik sarosima uyğotmas va qurilma barçaga yetar. Smartfonning körsatkiçlari quyidagiça: 4 Gb tezkor xotira va 64 Gb içki xotira, 16 va 8 Mp li kameralar, 3000 mA-soat siğimga ega akkumulyator va Android 7.0 Nougat operatsion tizimi.












