Atrofimizdagi olam har 100 yilda emas, har yili özgarmoqda. Bizning soatlarimiz, közoynaklarimiz, maşinalarimiz va hatto xonadonlarimiz allaqaçon "aqlli" bölib ulgurdi, oldinda bizni nimalar kutayotganini bilişni xohlaysizmi? AdMe.ru kelajak dunyosi qanday bölişiga doir 11 ilmiy tuşunçani töpladi.

Ekosayohatlar

Ekoturlar, ekoparvozlar, ekomehmonxonalar, ekoköngiloçar maskanlar - borgan sari köproq odamlar "eko" old qöşimçasi qöşilgan sayohatlarni afzal körişmoqda. Siz xorijdagi haşamatli mehmonxona yoki şinamgina uyda dam olasiz, şu bilan birga bolalarni mahalliy maktabda ingliz tiliga öqitasiz, fillarni parvariş qilasiz yoki meva fermasida nok terişga yordamlaşasiz.

Barça tabiiy narsalar qimmatlaşmoqda, borgan sari ularning qadri oşmoqda, tabiat va an'analar saqlanib qolgan yer uçastkalari esa diqqatga sazovor joylarga aylanmoqda.

Uzoq yaşaymiz

Tibbiy texnologiyalar asta-sekinlik bilan mutlaqo yangi darajaga kötarilmoqda. Biz gadjyetlar yordamida puls va  qand miqdorini ölçaymiz, şuningdek öz salomatligimizga oid körsatkiçlarni smartfon ekranida körişimiz mumkin. Plastik operatsiyalarga bölgan talab kamaymoqda, barça amaliyotlar oddiy va deyarli oğriqsiz inʼeksiyalar yordamida bajarilmoqda.

Vahima soluvçi tibbiy uskunalar asta-sekinlik bilan gadjyetlar hajmigaça ixçamlaşmoqda, funksiyalar soni esa ösmoqda. Organizmni töliq taşxisdan ötkaziş uçun şifokorga boriş va bir talay tahlillar topşirişga hojat qolmaydi, mobil qurilmaning özi yetarli böladi.

Har qanday predmetni çop etiş mumkin böladi

Maşinalar detallari, musiqiy asboblar, mebel va hatto zamonaviy liboslar kolleksiyasi - 3D-printer ixtiro qilingandan beri unda nimalarni çop etişmadi deysiz. Masalan, Janubiy Kaliforniyada elektr energiyasi va suv ta'minoti bölgan butun boşli uyni çop etişga qodir gigant printer mavjud.

Çop etiluvçi quriliş töliq yölga qöyilgan va kelajakda istagan kişi uning yordamida özi uçun dala hovli, maşina yoki qayiq yasab olişi mumkin. Buning uçun internetdan andoza yuklab olişning özi kifoya qiladi.