Xitoyning internet-giganti Alibaba Davosda bölib ötayotgan xalqaro iqtisodiy forum doirasida XOQ (Xalqaro Olimpiya Qömitasi) bilan kelgusi 6ta Olimpiya öyinlariga homiylik qiliş yuzasidan şartnoma imzoladi. Şunday qilib, kompaniya 2028 yilgaça 4 yilda bir marotaba bölib ötadigan sport musobaqalarini moliyalaştiradi, deb yozmoqda Financial Times.
Alibaba Olimpiadalarning elektron tijorat va bulutli xizmatlar körsatiş sohalarida hamkori böladi. Şu bilan birga, öyinlarning Coca-Cola, McDonald's, Visa va boşqa yirik homiylari qatoridan örin oladi.
Kelişuvning moliyaviy tomoniga oydinlik kiritilmagan. Bundan avvalroq, XOQdagi manbalar, Bridgestone va Panasonic kabi asosiy homiylar 4 yillik davrga (yozgi va qişki Olimpiada uçun) 200 mln dollarga yaqin mablağ tölaşini ma'lum qilişgan edi.
Bitimga köra, Alibaba va XOQ Olimpiya timsollari tuşirilgan mahsulotlarni sotiş uçun elektron platforma taşkil etişadi. Bundan taşqari, Alibaba xitoylik tomoşabinlar uçun Olimpiya kanalining sifatini yaxşilaydi.
Hamkorlik yaqinlaşayotgan qişki Olimpiadadan boşlanadi. U 2018 yil Koreya respublikasining Pxyonçxan şahrida bölib ötadi.












