Havayida istiqomat qiluvçi 94 yoşli Emi Kraton Nyu-Hempşir universitetida uzoq kutilgan bakalavr darajasiga erişdi. Buning uçun ayol masofadan öqiş kursini tugalladi va imtihonlarni muvaffaqiyatli topşirdi. "Life" naşri şu haqida xabar berdi.
Kraton xonim nogironlar aravaçasida harakatlanadi, şuning uçun u boşqa ştatdagi diplomini olib ketiş uçun bora olmadi. Buni qarangki, SNHU (Nyu Hempşir janubiy universiteti - NHJU) prezidenti diplomni topşiriş uçun şaxsan taşrif buyurdi.
Emi Kraton dunyodagi eng keksa bitiruvçilardan biri hisoblanadi. San'at sohasida bakalavr darajasini olgan ayol endi magistr darajasini oliş harakatida. Bundan taşqari, u yapon xayku şe'riyatiga qiziqadi va tez orada mazkur janrda bolalar kitobini yaratiş borasida öylanmoqda.
"Men özimni juda yaxşi his qilyapman, şu bois öqişni davom ettirmoqçiman. Agar siz oxirigaça tugallamay ketgan ta'lim muassasasiga qaytişni öylayotgan bölsangiz, - şunday qiling. Siz özingiz uçun yangi hayotni kaşf etasiz".
Emi Kraton, SNHU bitiruvçisi
Kraton universitetga 1962 yilda öqişga kirgan, biroq 4 farzandini boqiş uçun kun böyi işlagani bois uni tark etişiga töğri kelgan. Bugungi kunda Emining 4 nevarasi va 12 çevarasi bor.
Emini qutlaş uçun uning döstlari va qadrdonlari taşrif buyurişdi.












