Hyperloop Transportation Technologies (HTT) Çexiya va Slovakiya örtasida tezkor liniyasini işga tuşirmoqçi. Kompaniya Çexiyaning Brno şahri hukumati bilan ana şunday imkoniyatni örganişga doir kelişuvni imzoladi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.
Kelişuv doirasida kompaniya Brno va Bratislava şaharlari örtasida Hyperloop tezkor transport liniyasi qurilişi imkoniyatlarini örganmoqda. Bundan avval HTT Slovakiya hukumati bilan Hyperloop liniyasi qurilişi haqida bitim imzolagandi. Istiqbolda mazkur liniya Brnoni Praga bilan birlaştirişi kerak.
"Biz texnik masalalarning barçasini hal qilib böldik, şu bois bugun biz uçun eng muhimi - butun dunyo böylab mamlakatlar hukumatlari bilan muzokaralar ötkaziş va hamkorlik qiliş", - dedi HTT rahbari Dirk Alborn.
Hyperloop ğoyasi 2012 yilda muhandis, işbilarmon va investor Ilon Mask tomonidan taqdim etilgan. Yangi transport vositasi samolyotdan ikki karra va tezyurar poyezddan uç-tört karra tezkor bölişi ta'kidlanmoqda.












