13 yanvarga ötar keçasi Samarqand viloyatining şu nomdagi tumanida yaşovçi tadbirkorning uyi yonğin oqibatida vayron böldi. Yonğin oqibatida tadbirkor oilasining 8 a'zosi jabr körgan. 59 yoşli tadbirkorning özi va rafiqasi halok böldilar, ularning uç farzandi va uç nabirasi oğir ahvolda şifoxonaga yetkazilganlar.

Jabrdiydalar yaqinlarining aytişiça, yonğinni qöşnilar sezib qolib, tadbirkorni uyğotişgan. U yonğin içida qolgan xonadan narsalarni olib çiqa boşlagan, biroq u uyga navbatdagi marta kirganda tepadan yonayotgan tösin tuşib ketib, çiqiş yölini tösib qöygan. Er-xotin is gazidan halok bölişgan. 

Ma'lum qilinişiça, oilaning qolgan a'zolari hayotlari xavf ostida emas.

Guvohlarning aytişiça, yonğin 20 kilovattlik stabilizatorning portlaşi oqibatida yuz bergan.