Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya sudi Samsung vitse-prezidentini hibsga olish so‘rovini rad etdi
Janubiy Koreya respublikasi sudi Samsung Electronics vitse-prezidenti Li Chje Yonni hibsga olish uchun order berish talabini rad etdi. Li Chje Yon mamlakatning ishonchsizlik bildirilgan prezidenti Pak Kin Xe atrofidagi korrupsiya mojarosiga doir ishda gumonlanuvchilardan biri sifatida qatnashmoqda, deb xabar qilgan Reuters agentligi.
O‘tgan haftada respublika prokuraturasi 22 soat mobaynida kompaniyaning amaldagi rahbari hisoblangan Li Chje Yonni so‘roq qilgan edi. Sud xabarida aytilishicha, hakam tergov materiallari bilan to‘liq tanishib chiqqach, Samsung bosh menejyerini hibsga olish bo‘yicha asos ko‘rmagan.
Li Chje Yon, 2015 yilda Samsung kompaniyasining Germaniyada ro‘yxatdan o‘tgan firma bilan 18 mln dollardan ortiq mablag‘ga teng shartnoma imzolashiga izn bergan. Germaniya firmasi aslida, Koreya prezidenti Pak Kin Xening dugonasi Tsoy Sun Silga tegishli bo‘lgani aytiladi.
Mavzuga oid
20:18 / 06.06.2026
Yangi Samsung Galaxy S27 Pro smartfoni haqida ma’lumot berildi
12:01 / 21.05.2026
Samsung ish tashlash boshlanishiga 1,5 soat qolganda kasaba uyushmasi bilan kelishuvga erishdi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026